Muzrabot tumani Axborot-kutubxona markazi Bolalar bo‘limida “Yosh kitobsevarlar” klubi a’zolari ishtirokida O‘zbekiston xalq yozuvchisi Xudoyberdi To‘xtaboyev asarlariga bag‘ishlangan qiziqarli davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
Davra suhbatida yozuvchining bolalar qalbidan chuqur o‘rin olgan, sarguzasht va kulguga boy asarlari haqida atroflicha fikr almashildi. O‘quvchilar tomonidan asarlar mazmuni tahlil qilinib, qahramonlar obrazi, ularning fe’l-atvori hamda tarbiyaviy ahamiyati haqida mulohazalar bildirildi.
Tadbir davomida yozuvchining mashhur asarlari jamlangan kitob ko‘rgazmasi ham tashkil etilib, yosh kitobxonlarga mutolaa uchun tavsiya etildi. Suhbat jonli savol-javoblar, qiziqarli fikrlar va faol ishtirok bilan o‘tdi.
Mazkur tadbir yosh avlodning kitobga bo‘lgan mehrini oshirish, ularning badiiy tafakkurini boyitish hamda kitobxonlik madaniyatini rivojlantirishga xizmat qildi.
📚 Kitob – tafakkur chirog‘i!

