📗 Kitob targ‘iboti 📗
Bugun Axborot-kutubxona markazi ko‘chma kutubxona xodimasi Ismoilova Lobar tomonidan “Sopollitepa” mahallasidagi Norqulovlar xonadonida “Farzand tarbiyasida kitobning o‘rni” mavzusida targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.
Tadbir davomida kitobning farzand tarbiyasidagi ahamiyati, bolalarda kitobxonlik madaniyatini shakllantirish hamda ilmga bo‘lgan qiziqishni oshirish borasida onajonlarga batafsil tushunchalar berildi.
Targ‘ibot natijasida ishtirokchilarda kitob o‘qishga bo‘lgan qiziqish yanada ortdi. Jamiyatda yana bir kitobxon, bilimli va ma’naviy yetuk oila shakllanayotganidan mamnun bo‘ldik.

