📚✨ Kitob targ‘iboti — mehr va ma’naviyat manbai ✨📚
Bugun Muzrabot tuman axborot-kutubxona markazining “Mehrigiyoh” mahallasida tashkil etilgan ko‘chma kutubxonasida “Mehrigiyoh” va “Sopollitepa” mahallalaridan tashrif buyurgan kitobxon ayollar hamda onaxonlar ishtirokida kitob targ‘iboti tadbiri o‘tkazildi.
Tadbir davomida ishtirokchilarga kutubxonada mavjud badiiy va ma’rifiy adabiyotlar tanishtirildi. Shuningdek, yoshi kichkina bo‘lishiga qaramay kitob o‘qishni juda yaxshi ko‘radigan jajji Layloxon qizimiz ham faol ishtirok etib, barchaga iliq taassurot ulashdi.
📖 Kitob — yosh tanlamaydi, u har bir qalbga nur olib kiradi!

