Muzrabot tuman axborot – kutubxona markazida “Kitob va mutolaa haftaligi” doirasida faol kitobxonlar bilan “O’z o’lkangni bil va o’rgan” mavzusida suhbat o’tkazildi.
Suhbatda Axborot – bibliografiya xizmatidagi o‘lkashunoslikka oid uslubiy qo’llanmalar targ‘ib qilindi. Mutaxassislar tomonidan kitobxonlarga ona yurti hisoblangan o‘z hududini har tomonlama o‘rganish zarurligi ta’kidlab o‘tildi. Milliy qadriyatlar, tarixni bilish, o‘lka namoyandalari to‘g‘risida ma’lumotlar berildi.
Suhbatdan ko’zlangan maqsad – yoshlarni tug’ilib o‘sgan joyi, o‘lkasi haqida ko’proq ma’lumotga ega qilish, o‘lkadan yetishib chiqqan taniqli shaxslarni bilish va anglash, qadimiy ziyoratgohlar va qadamjolar tarixini o‘rgatishdan iboratdir.