“Kitob va mutolaa haftaligi” doirasida “Kitob — ma’naviyat, bilim, donolik manbai”nomli davra suhbati otkazildi.

Yangiliklar

Kitob — inson tafakkurining chirog‘i, bilim va ma’naviyat manbai. Prezidentimizning: “Kitob o‘qigan millat hech qachon yutqazmaydi” degan so‘zlari bizning asosiy shiorimiz bo‘lishi kerak.        Bu haftalik doirasida ham biz kitob ko‘rgazmalari, mutolaa marafonlari,  davra suhbati  va ijodiy uchrashuvlarni tashkil etmoqdamiz.  Bugun Muzrabot tuman Axborot-kutubxona markazi xodimlari “Kitob va mutolaa haftaligi” doirasida “Kitob — ma’naviyat, bilim, donolik manbai”nomli davra suhbati otkazildi.Davra suhbatida yoshlarga turli hil  kitobga oid savol javoblar viktorina savol javob ko’rinishida bo’lib o’tdi. Kelgan kitobxonlar o’zlariga qiziq mavzuga oid savollarga Axborot-kutubxona markazi hodimlari tomonidan javob olishdi.Xulosa qilib aytganda, kitob — bizning ma’naviy ustozimiz, hayotiy yo‘ldoshimizdir. Keling, kitob o‘qishni odatga aylantirib, kelajagimizni ilm va ma’rifat bilan bezaylik!