“Kitob va mutolaa haftaligi ” doirasida o’tgazilayotgan targ’ibotlar.

Yangiliklar

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 7-iyundagi “O’zbekiston Respublikasi aholisiga axborot-kutubxona xizmati ko’rsatishni yanada takomillashtirish to’g’risida”gi PQ 4354-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida,  hamda  “Kitob va mutolaa haftaligi ” doirasida joriy yilning 8-sentyabr kuni Muzrabot tuman  axborot – kutubxona markazi xodimlari tomonidan, “Yo‘l-yo‘lakay kitob o‘qiymiz” loyihasi ostida tuman  aholisiga  ko‘chma kutubxona tashkil qilindi.Kitoblar targ’ibotida yozuvchi Chingiz Aytmatov asarlari haqida so’z bordi.
Targ’ibotga 12 nafar o’quvchi  va talaba yoshlar jalb qilindi.