Kitob – zamonlar to’lqinida suzuvchi, o’zidagi ma’nolar xazinasini ajdodlardan avlodlarga avaylab yetkazuvchi tafakkur kemasidir. Shu bois Muzrabot tuman Axborot – kutubxona markazi mutaxassislari aholi va yoshlar o‘rtasida kitob mutolaasi va targ’iboti, kitobxonlik madaniyatini oshirish maqsadida 1 – maktabga borib ularga kitobxonlik targ‘iboti o‘tkazildi. Targ‘ibot jarayonida mutaxassislar tomonidan kutubxonadagi adabiyotlar bilan yaqindan tanishtirdilar. Bugungi kunda kutubxonachilar oldida turgan asosiy maqsad kitoblar sonini emas, kitobxonlar salmog’ini oshirishga asosiy e’tibor qaratilmoqda.

