«Kitobim-Oftobim» nomli ekskursiya

Yangiliklar

2024-yil 4-sentyabr kuni Muzrabot tuman Axborot-kutubxona markaziga «Baby good» XMTM tarbiyachi va tarbiyalanuvchilari  «Kitobim-Oftobim» mavzusida ekskursiyaga tashrif buyurdilar. Dastavval ishtirokchilarga kutubxona faoliyati haqida tushuntirishlar berildi va u yerdagi yaratilgan sharoitlar haqida tanishtirildi. Ekskursiya davomida yoshlarning intellektual va ijodiy qobilyatlarini yuzaga chiqarib, yanada kamol toptirish uchun zarur bo‘lgan barcha qulayliklar yaratilganligiga guvohi bo‘lganliklarini bildirishdi va kutubxonaga a’zo bo’ldilar.