Kitoblar qalbimizni ilitadi, koʻnglimizni yoritadi, baxtli va saodatli, nurli kunlarga boshlaydi. Dunyoni faqatgina a ilm bilan zabt etish mumkin ekanligi haqidagi asl haqiqat bugun hech kimga sir emas. Ilmni mustahkam egallashning yoʻli esa bitta, yaʼni – kitob oʻqish.
Bugun Muzrabot tuman Axborot-kutubxona markazi mutaxasislari tumanning kambag’allikni qisqartirish va bandlikka ko’maklashish bo’limida bo’lishib «Kitob ruhiyatimiz ozuqasi» mavzusida sevimli adib Said Ahmad kitoblarini targ’ibotini olib bordilar.Bunday targ’ibotlar kitobxonlar ma’naviy olamini boyitishga xizmat qilishi shubhasizdir.