Kitob o’qish – inson tafakkurining ozuqasidir.Muzrabot tumani axborot-kutubxona markazi fonddagi adabiyotlarni muntazam ravishda targ‘ib qilib borish maqsadida “Ma’naviyat ummonidan noyob marvarid” loyihasi doirasida tadbirlar o’tkazilib kelinmoqda.
Bugun tumanning Byudjetdan tashqari pensiya jamg’armasi bo’limida bo’lishib,xodimlariga Axborot-kutubxona markazi mutaxassisi tomonidan O’zbekiston xalq yozuvchisi Tog’ay Murodning ” Ot kishnagan oqshom”, Mirzakalon Ismoiliyning yoshlar hayotini aks ettiruvchi, “Odamiylik qissasi” , “Inson husni” kitoblari yuzasidan targ‘ibot ishlari olib borildi. Mutaxassis xodim kitobxonlarga kitobning mazmun mohiyatini qisqacha so’zlab berdi hamda o‘qishlari uchun tavsiya etdi.

