
“Kitoblar tarixdan so‘zlaydi, kelajakka yo‘l ko‘rsatadi”
2024-yil 20-may Kitoblar qalbimizni ilitadi, koʻnglimizni yoritadi, baxtli va saodatli, nurli kunlarga boshlaydi. Dunyoni faqatgina ilm bilan zabt etish mumkin ekanligi haqidagi asl haqiqat bugun hech kimga sir emas. Ilmni mustahkam egallashning yoʻli esa bitta, yaʼni – kitob oʻqish. Shu munosabati bilan Muzrabot tuman Axborot-kutubxona markazi xodimlari kitobxonlikni keng targ’ib qilish maqsadida Muzrabot tuman Xalq bank xodimlari o’rtasida. “Kitoblar tarixdan so‘zlaydi, kelajakka yo‘l ko‘rsatadi” mavzusida targ’bot ishlari olib borildi.
