O‘zbekiston Milliy kutubxonasining 2026- yil 30- yanvardagi 9- son buyrug‘i ijrosini ta’minlash 15- fevraldan 15- martgacha “Ayollarni e’zozlash” oyligini namunali o‘tkazish hamda aholi va yoshlar orasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish maqsadida
Muzrabot tumani Axborot-kutubxona markazi Bolalar bo‘limi “Yosh kitobsevarlar” klubi a’zolari ishtirokida 13-DMTTda “Kitoblar yaxshilikka yetaklar” mavzusida tadbir bo‘lib o‘tdi.
Tadbir doirasida bolalar uchun mo‘ljallangan kitoblar ko‘rgazmasi tashkil etildi. Tadbir juda qiziqarli va mazmunli kechdi. Ishtirokchilar ertaklar, ertak qahramonlari hamda ularning tarbiyaviy jihatlari haqida fikr almashdilar.
Tadbir davomida kichkintoylar o‘zlari sevib o‘qigan ertaklar haqida so‘zlab berdilar va bahs-munozaralar o‘tkazildi. Tadbir bolalarda kitobga mehr uyg‘otish, yaxshilik va ezgulik tushunchalarini mustahkamlashga xizmat qildi. 📚✨

