Yosh avlodni komil inson qilib tarbiyalash, ularning qalbida pok insoniy tuyg‘ular va yuksak ma’naviy fazilatlarni shakllantirishda kutubxonalarning o‘rni nihoyatda katta.
Kitob insoniyat tarixidagi eng ajoyib mo‘jizadir. Kutubxona esa insonlar uchun ajoyib dunyolar, tarix, madaniyat va bilimlar eshiklarini ochib beradi.
Bugun tumandagi 20-maktabning 7-sinf o’quvchilari kutubxonaga tashrif buyurib “Kitoblarning sehrli olamiga sayohat” qildilar. Mutaxassislar tomonidan kitob va kutubxonalarning paydo bo’lishi, undan qanday foydalanish kerakligi haqida suhbat o’tkazildi. Bolalar uchun yangi nashr etilgan ensiklopediyalar, badiiy va ertak kitoblar o’qish uchun tavsiya qilindi. Ekskursiya davomida o’quvchilar kitoblar bilan tanishdilar hamda o’zlarini qiziqtirgan savollariga javoblar oldilar.