Kitob – eng odil doʻst, beminnat muallim, bebaho xazina. Dunyodagi eng zoʻr kashfiyot ham kitobdir. Kitob boʻlmaganda buyuk kashfiyotlarning qay biri ixtiro qilingan boʻlar edi? Kitobga yoʻldosh inson hayotning har qanday sinovini tafakkur bilan yengib oʻta oladi. U ong va qalbimiz ehtiyojini qondiribgina qolmay, ruhimizni ham tarbiyalab boradi, bizni shaxs sifatida shakllantiradi. Kitobxonning maʼnaviyatida boʻshliq boʻlmaydi.Mutolaa insonni hamisha maʼnan yuksaltirgan. Bugungi axborot asrida tengdoshlarimizning kitobga oshnoligi, mustaqil fikrlay olishi, mustahkam hayotiy pozitsiyaga egaligi kishini quvontiradi.Muzrabot tuman Axborot-kutubxona markazi hodimlari kitobxonlikni keng targ’ib qilish maqsadida tuman Arxiv bolimiga borib tashkilot hodimlari o’rtasida «Kitoblarsiz ma’naviyatga erishib bolmaydi»mavzusida targ’ibot o‘tkazildi.