Azal-azaldan o‘zbek xotin-qizlarining kiyim javonini xon atlas, adraslarsiz tasavvur qilish qiyin. Uning betakror ko‘rinishi, ranglari va naqshlari ko‘rgan ko‘zni quvnatib, har qanday faslda ham bahoriy kayfiyatni baxsh etadi.
Õzbek xalqining asrlik õtmish madaniyati, urf-odat va an’analari, didi, estetik qarashlari shuningdek, õziga xos xususiyatlari mujassamligini namoyish etish milliy qadriyatlarimizni mazmunan boyitish maqsadida, bugun 20-iyun kuni Muzrabot tumani axborot-kutubxona markazining “Bolalar” bo’limining mutaxassisi Beknazarova S. tomonidan”Kitobsevarlar klubi “aʼzolari bilan birgalikda “Milliy libos-milliy g‘urur” nomli davra suhbati va kitob ko‘rgazmasi tashkilashtirildi.