Kitobxon ayol millat ko’rki

Yangiliklar

Joriy yilning 12-iyun kuni Muzrabot tuman Axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan “Nurli hayot” mahallasi hududida joylashgan mahalla idorasida bo’lishib, mahalla  xodimlari ishtirokida kitobxonlikni targ‘ib maqsadida “Kitobxon ayol millat ko’rki” mavzusida kitoblar targ‘iboti tashkil qilindi. Kitob o‘qib o‘z bilim va tafakkurini yuksaltirgan xotin-qizlar, nafaqat ishtirokchilar balki, shu bilan birgalikda jamiyat va oila ravnaqi uchun juda muhimdir. Targ‘ibot davomida ishtirokchilarga Axborot -kutubxona markazi fondi, aʼzo boʻlish qoidalari hamda turli sohalardagi adabiyotlar toʻgʻrisida maʼlumotlar berib oʻtildi.