Mamlakatimizda 9-may umumxalq bayrami – “Xotira va qadrlash kuni” ni, Ikkinchi jahon urushining har bir qatnashchisi, front orti mehnat faxriylari oldida hurmat bajo keltirish, yurtimizda mehr-oqibat, bag‘rikenglik va xayr-saxovat muhitini yanada mustahkamlash, yosh avlodni milliy an’analarimizga hurmat ruhida kamol toptirish hamda bu muqaddas ayyomni yuksak saviyada nishonlash anʻana tusiga kirgan.
Shu munosabat bilan Muzrabot tumani hokimi maslahatchisi F.Normamatova, Mahalla va Nuroniylarni qo’llab quvbatlash bo’limi boshlig’ining nuroniylar masalalari bo’yicha maslahatchi E.Sobirov, Muzrabot tuman Axborot-kutubxona markazi hamkorligida tumanning «Sopolitepa» mahallasida istiqomat qiluvchi X. Abdurahmonov bobo front orti mehnat faxriysi xonodanida bo’lib, Xonadon egasini qutlug’ 100 yoshlari bilan va front orti mehnatlari sharafiga faxriy yorliq hamda esdalik sovg’alar bilan taqdirlashdilar.
Muzrabot tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan, oilalarda kitobxonlikni targ‘ib qilish, farzandlarda kitobga mehr uyg‘otish, ota-onalarning bu boradagi mas’uliyatini oshirish maqsadida “Kitobxon oila” mavzusida davra suhbati tashkil etildi. Tadbirda mahalla faollari, kutubxonachilar, yoshlar va faol kitobxon oilalar ishtirok etdilar.
Tadbir doirasida “Kitobxon oila – kelajak poydevori” nomli oila, tarbiya va bolalar uchun mo‘ljallangan adabiyotlardan tashkil topgan kitoblar ko‘rgazmasi namoyish etildi.