O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 21-dekabrdagi
“Oilalarni mustahkamlash va xotin-qizlarning faolligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ–401-son qarorining 3-ilova 36-bandida belgilangan vazifalarni amalga oshirish bo‘yicha Qo‘shma chora-tadbirlar rejasi ijrosi yuzasidan Muzrabot tuman Axborot-kutubxona markazi tomonidan “Oilada kitobxonlik madaniyati” mavzusida kitoblar targ‘iboti o‘tkazildi.
Mazkur tadbir “Kitobxon ona — ziyoli avlod tarbiyachisi” g‘oyasi asosida tashkil etilib, unda oilada mutolaa madaniyatini shakllantirish, farzand tarbiyasida onaning o‘rni va kitobning ahamiyati keng yoritildi. Tadbir davomida kutubxona mutaxassislari tomonidan ishtirokchilarga badiiy, ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy ahamiyatga ega adabiyotlar haqida atroflicha ma’lumotlar berildi.
📖 Kitobxon oila — mustahkam oila, ma’rifatli jamiyat poydevoridir!

