“Kitobxon ona – kitobxon bola”

Yangiliklar

📚 “Kitobxon ona – kitobxon bola” 📚
Muzrabot tuman Axborot-kutubxona markazi mutaxassislari tomonidan “Kitobxon ona – kitobxon bola” mavzusida kitoblar ko‘rgazmasi tashkil etildi.
Mazkur ko‘rgazmada oilada kitobxonlik muhitini shakllantirish, onalarning farzand tarbiyasida kitobning o‘rni va ahamiyatini yoritib beruvchi turli badiiy hamda tarbiyaviy adabiyotlar namoyish etildi.
Ko‘rgazma davomida kitobxonlarga farzandlarni kitob o‘qishga qiziqtirish, ularning ma’naviy dunyosini boyitishda kitobning o‘rni haqida tushunchalar berildi. Tadbir ishtirokchilari ko‘rgazmaga qo‘yilgan kitoblar bilan yaqindan tanishib, o‘zlari uchun qiziqarli adabiyotlarni tanlab mutolaa qilish uchun tavsiya oldilar.
✨ Bunday tadbirlar yosh avlodni kitobsevar, bilimli va ma’rifatli qilib tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etadi.