Muzrabot tuman axborot-kutubxona markazida farzandlarining kitobxonlikka boʻlgan qiziqishlarini qoʻllab-quvvatlash, ularning maʼnaviy olamini boyitish hamda oilada kitobxonlik muhitini shakllantirish maqsadida kutubxonaga Ravshanova G.va uning jajji farzandlari tashrif buyurdi va kitobxon ona ishtirokida “Kitobxon ona-kitobxon bola” loyihasi doirasida kitoblar targ’iboti olib borildi.
Ona va bolalar birgalikda turli adabiyotlar bilan tanishib, yangi kitoblar haqida qiziqarli maʼlumotlarga ega boʻldilar.