Kitobxon ona ma’naviyat yo’lboshchisi.

Yangiliklar

Kitobxon ona ma’naviyat yo’lboshchisi
Jamiyatning asosiy tayanchi bu – oila. Oilada ma’naviy muhitni yaxshilash, farzandlar tarbiyasidagi mas’uliyat, milliy qadriyatlarni singdirish va qator tashabbuslarda faol, shijoatli va tashabbuskor ayollarning o‘rni bor. Qaysi oilada, qaysi mahallada tarbiya yaxshi yo‘lga qo‘yilar ekan, o‘sha oila, o‘sha mahalla gullab-yashnaydi. Joriy yilning 15-oktyabr kuni Muzrabot tuman Axborot-kutubxona markazi mutaxassisi Ismoilova L.tumanning “Sopolli tepa” MFY.da istiqomat qiluvchi Jumayevlar xonadonida bo’lib “Kitobxonlik oiladan ” loyihasini amalga oshirish maqsadida kitoblar va ijtimoiy tarmog’lar  targ‘ibotini davom ettirdilar.