«Kitobxon ona-oila ma’naviyatining ko’zgusi» mavzusida kitoblar targ’ibot.

Yangiliklar

Kitoblari yo’q xonadon – xuddi ruhsiz tanaga o’xshaydi. Oilada tarbiyaning barcha mezonlari shakllantirilganidek, kitobxonlik madaniyati ham shu maskandan boshlansa yaxshi samara beradi. Oilada ota-ona kitobga mehr qo’ygan bo’lsa bunday oilada tarbiyalanayotgan farzand ham kitobga oshno bo’ladi, bunday bolalarning dunyoqarashi, fikrlash doirasi keng bo’ladi, hushmuomala, mehribon, boshqalarga iloji boricha yaxshilik qiladi. Albatta farzand tarbiyani qo’lida kitob ko’targan ota – onasidan o’rganadi.

Shu munosabat bilan Muzrabot tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan tumanimizdagi ko’p tarmoqli markaziy shifoxonaning «Bolalar» bo’limida bo’lib “Kitobxon ona – oila ma’naviyatining ko’zgusi” mavzusida kitobxon ona kitobxon bolalar bilan kitoblar targ’iboti o’tgazildi.