2025 yil 17 mart kuni «Kitobxon onalar kuni» munosabati bilan oʻtkazilgan tadbir «Milliy sharqona qadriyatlar shuningdek Navroʻzi olamning ruhi va falsafasida mujassam boʻlgan olijanob gʻoyalar Yangi Oʻzbekistondagi islohotlarning maqsad va mazmuniga hamohangdir» mavzusida boʻlib oʻtdi.Muzrabot tuman Axborot-kutubxona markazi Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston Milliy kutubxonasida oʻtkazilgan ,»Kitobxon onalar kuni» tadbirini ZOOM platformasi orqali kuzatdilar.Tadbir davomida kitoblari nashr etilgan ijodkor ayollarning kitoblari taqdimoti boʻlib oʻtdi. Qoraqalpogʻiston, Xorazm, Fargʻona, Namangan, Andijon viloyatlari oʻz chiqishlarini namoyish etdilar.