“Kitobxon o’quvchi” ko’rik-tanlovining tuman bosqichi

Yangiliklar

“Kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish buyuk maqsadlarimizga erishishning muhim kafolatidir.Kitob – beminnat ustoz. Bilim va ma’naviy yuksalishga erishishning eng asosiy manbai.

Viloyat hokimligining 2024-yil 6-apreldagi “Surxondaryo tajribasi” sifatida tashkil etilgan “Ma’naviyat sektori” faoliyatini yanada takomillashtirish borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 06-01/75-sonli yig‘ilish bayoni ijrosini ta’minlash maqsadida Muzrabot tumanidagi 58-sonli umumiy o’rta ta’lim maktabida  “Kitobxon o’quvchi”  ko‘rik-tanlovining tuman  bosqichi o‘tkazildi.

Bellashuvida tumandagi umumta’lim maktablarning zukko va bilimdon o‘quvchilari faol ishtirok etib,
1-o’rinni 1-maktab o’quvchisi Qudratov Komron,
2-o’rinni 37-maktab o’quvchisi Jo’rayeva Inobat,
3-o’rinni 8-maktab o’quvchisi Ravshanova Dilnoza faxrli o’rinlarni egallashdi.