“Kitobxonlik buyuk kelajak kafolati”

Yangiliklar
  • Kitobxonlik buyuk kelajak kafolati”

    Kitob-umr yo‘llarini yorituvchi so‘nmas nur, inson hayotiga mazmun baxsh etuvchi saodat manbai, unga har qanday vaziyatda ham hamroh bo‘luvchi sodiq do‘st. Insonning ma’naviy kamolotini ta’minlashda kitob singari kuchli qudratga ega vosita yo‘q. Shu bois azal-azaldan ma’rifat peshvolari, ahli donishlar butun insoniyatni kitob o‘qishga, undan ilmu odob sirlarini o‘rganishga chorlab kelishgan.
    Bugun Muzrabot tuman Axborot-kutubxona markazi tomonidan kitob mutolaasi va  “Kitobsevar millat” umummilliy g’oyasini amalga oshirish bo’yicha “Yo’l-yo’lakay kitob o’qiymiz” loyihasi doirasida “Kitobxonlik buyuk kelajak kafolati” nomli kitoblar targ’iboti olib borildi va kerakli tavsiyalar berildi.