“Kitobxonlik — buyuk kelajak kafoloti”

Yangiliklar

“Oilalarni mustahkamlash va xotin-qizlarning faolligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ–401-son qarorning 3-ilova 36-bandida belgilangan vazifalar ijrosi doirasida Muzrabot tuman axborot-kutubxona markazi mutaxassislari tomonidan Yo‘lchi MFYda uyushmagan aholi va yoshlar bilan “Kitobxonlik — buyuk kelajak kafoloti” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.
Davra suhbatida keksalar va onaxonlar yoshlar tarbiyasida kitobxonlikning o‘rni haqida fikr bildirib, tarbiyaviy ahamiyatga ega kitoblardan parchalar o‘qib berdilar. Shuningdek, milliy qadriyatlar, kasb-hunar o‘rganish, odob-axloq, muomala va kiyinish madaniyati, mehmon kutish hamda pazandachilik madaniyati borasida yoshlarga qimmatli o‘gitlar berdilar.