“Kitobxonlik festivali” Surxondaryoda.

Yangiliklar

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, Surhandaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi, viloyat bolalar kutubxonasi hamkorligida aholi o’rtasida kitobxonlik madaniyatini shakllantirib, ularning kitob mutolaasiga bo’lgan qiziqishlarini oshirish maqsadida Surxondaryo viloyatida “Kitobxonlik festivali” bo’lib o’tdi.

Ushbu festivalda viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig’i Xusniddin Mamadiyev, Surxondaryo viloyat bolalar kutubxonasi ,barcha viloyat Bolalar kutubxonalari ma’sullari hamda kitibsevar o’quvchilar va ota-onalar ishtirok etishdi.

“Kitobxonlik festivalida” Surxondaryo viloyati hokimining o’rinbosari Zulxumor Xidirova hamda viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig’i Xusniddin Mamadiyevlar so’zga chiqib, yurtimizda kitobxonlikni keng targ’ib etish maqsadida amalga oshirilayotgan islohotlarni e’tirof etishdi.

Festival doirasida quyidagi kitobxonlik ko’rik-tanlovlarning g’oliblari taqdirlandilar:
“Eng kitibxon maktab”
“Eng faol kitobxon o’quvchi”
“Ijodkor bolalar”
“Eng kitobxon oila”
“Eng faol kutubxonachi”

Shu o’rinda Muzrabot tuman yutuqlari bilan faxrlansak arziydi.

“Ijodkor bolalar” ko’rik tanlovining
1-o’rinni Muzrabot tuman  8-maktab 10-sinf o’quvchisi Temirova Bahola,
“Eng faol kitobxon maktab” ko’rik-tanlovning
3-o’rinnni Muzrabot tuman 2-maktab “yosh kitobxon” jamoasi,
“Eng faol kitobxon o’quvchi” ko’rik-tanlovning
1-o’rinni Muzrabot tumani 7-maktab 10-sinf o’quvchisi Qodirova Munisa,
“Eng faol kitobxon oila” ko’rik-tanlovining
1-o’rinni Muzrabot tumani 2-maktab Abdumurodovlar oilasi taqdirlandilar.

Festival davomida yangragan kuy-qo’shiqkar barcha ishtirokchilarga bayramona kayfiyat bag’ishladi.