Kitobxonlik haftaligi» doirasida «Eng yaxshi kitobxon» ko’rik tanlovining 2-sektor bosqichi

Yangiliklar

z2024. 24-aprel kuni Mamlakatimizda O‘quvchi yoshlar qalbida yuksak ma’naviyatlilikni shakllantirishda kitob va kitobxonlikning ahamiyati beqiyosdir. Bilim manbai bo‘lgan kitobni sevish, uni o‘qish va ko‘z qorachig‘idek saqlay bilish, o‘qish uchun uni tanlay olish va o‘qish madaniyatini bilish kerak. Kitobga muhabbat, uni qadrlash, o‘qishga ishtiyoq xalqimizning qon-qoniga singib ketgan.kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish, maqsadida.

Muzrabot tuman Axboroot-kutubxona markazida Muzrabot tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo’limi bilan hamkorlikda o’tkazilgan, Respublikamiz bo‘ylab IV Respublika “Kitobsevar millat” shiori ostida “Kitobxonlik haftaligi” doirasida tadbirimizning uchinchi kunida «Eng yaxshi kitobxon» ko’rik tanlovining 2-sektor bosqichi bo’lib o’tdi.

Unda tumandagi 7-IDUM 7-maktab 8-maktab 9-maktab 10-maktab 12-maktab 13-maktab 17-maaktab 47-maktab 39-maktab 50-maktab 56-maktab o’quvchilari qatnashdi. Ko’rik-tanlov ikki shart bo’yicha bellashdilar,  1-shart tanishtiruv qismi  2-shart savol-javob asosida bellashildi. Ushbu ko‘rik-tanlov orqali o‘quvchi yoshlarni qanchalik bilimga egaliklarini va kitobga bo’lgan qiziqishini bilib olish mumkin bo’ldi.

Muzrabot TAKM mutaxassislari tamonidan munosib baholanib borildi. 1-o’rini 39-maktab o’quvchisi G’aforova Charos va 7-maktab o’quvchisi Qodirova Munisa, 2-o’rini 2-maktab o’quvchisi Saydullayeva Moxitobon, 3-o’rini 50-maktab o’quvchisi Shodiyeva Jasmina, 7-IDUM Normurodov Sardor g’oliblikni qo’lga kiritdilar. Tadbir ko‘taringki ruhda bo’lib o’tdi.