So’ngi yillarda yurtimizda kitob targ’iboti va kitobxonlikni rivojlantirish masalalariga alohida ahamiyat qaratilmoqda. Bugun 15-yanvar Muzrabot axborot-kutubxona markazi xodimlari kitob va kitobxonlikni targ’ib qilish maqsadida «Nurli hayot» mahallasida bo’lishdi. Ular targ’ibotga qo’shimcha ravishda mahalladagi nogironligi bor va nafaqadagi qariyalarni uylariga borib kutubxona xizmatini korsatish maqsadida ro’yhatlari bilan tanishishdi va ko’chma kutubxona shartnomalarini imzolatdilar.
