📚”Kitobxonlik – ma’naviyat kaliti, ma’rifat ko’zgusidir” nomli kitob taqdimoti.
Muzrabot tuman Axborot-kutubxona markazi Abonement va foydalanuvchilarga xizmati xodimi Boltayeva Moxichehra kutubxonaga kelgan kitobxon o’quvchilarga “Kitob taqdimoti ” o’tgazdi. O’quvchilarga “Ertaning rejasini bugun tuz” mavzusida davra suxbati xam o’tgazildi. Bolalarning kelajakda o’z o’rnini egallashda albatta bilim kerak. Shuning uchun xam “Kitobdan olingan bilim g’alabaga boshlaydi” mavzularida suxbat o’tkazildi. AKM fondida mavjud badiiy, ijtimoiy-siyosiy adabiyotlardan o’quvchilarga vaqtincha foydalanishga topshirildi.