Kitobxonlik targ’ibotiga doir har bir ezgu tashabbus o’z mevasini beradi.

Yangiliklar

Mutolaa orqali insonning bilimi ortadi,mantiqiy fikrlashi o’sadi. Insonning bilimli, tarbiyali, kasb-hunarli, baxtli bo’lishining muhim omili – bu kitobga do’st bo’lish, hamisha kitob o’qish, kitob mutolaasini umr bo’yi kanda qilmaslikdir. Joriy yilning 16-yanvar kuni tuman Axborot -kutubxona markazi xodimlari yoshlarni va aholini kitob o’qishga bo’lgan qiziqishini yanada oshirish maqsadida kitobxonlik targ’ibotini olib bordilar. Targ’ibotda o’quvchi yoshlarda qaysi kitobga bo’lgan qiziqishlari, hayotdagi orzulari va maqsadlari o’rganilib, ularga tegishli bo’lagan kitoblar tavsiya qilindi.