Kitob – zamonlar to’lqinida suzuvchi, o’zidagi ma’nolar xazinasini ajdodlardan avlodlarga avaylab yetkazuvchi tafakkur kemasidir. Shu bois Muzrabot tuman Axborot – kutubxona markazi mutaxassislari aholi va yoshlar o‘rtasida kitob mutolaasi va targ’iboti, kitobxonlik madaniyatini oshirish maqsadida tuman Majburiy Ijro Byurosiga borib xodimlarga ” Kitobxonlikni targ’ib qilish-ma’naviy yuksalish garovi” mavzusida kitobxonlik targ‘iboti o‘tkazildi. Targ‘ibot jarayonida mutaxassislar tomonidan kutubxonadagi adabiyotlar bilan yaqindan tanishtirdilar.
Targ’ibotda 5 nafar kishi qamrab olindi.

