📚 Ko‘chma kutubxona – bilim va ma’naviyat maskani 📚
Muzrabot tumanining “Bodomzor” mahallasida joylashgan Ko‘chma kutubxonada muntazam ravishda samarali faoliyat olib borilmoqda. Kutubxonachi Boltayeva Mohichehra tomonidan bugun kutubxonaga tashrif buyurgan kitobxonlarga badiiy hamda ijtimoiy-siyosiy yo‘nalishdagi adabiyotlar taqdim etildi.
Taqdim etilgan kitoblar kitobxonlarga vaqtincha foydalanish uchun topshirilib, ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish, mutolaa madaniyatini oshirishga xizmat qilmoqda.
📖 Kitob o‘qigan inson – tafakkuri yuksak inson!

