Ko‘chma kutubxonada adabiy davra suhbati

Yangiliklar

Ko‘chma kutubxonada adabiy davra suhbati
Muzrabot tuman Axborot-kutubxona markazi tomonidan tashkil etilgan ko‘chma kutubxona faoliyati doirasida taniqli bolalar yozuvchisi Xudoyberdi To‘xtaboyev ijodiga bag‘ishlangan davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
Tadbir davomida ishtirokchilar adibning bolalar adabiyotidagi o‘rni, uning asarlarida aks etgan tarbiyaviy g‘oyalar hamda yosh avlod ma’naviy kamolotidagi ahamiyati haqida fikr-mulohazalar bildirdilar. Shuningdek, yozuvchining mashhur asarlari yuzasidan savol-javoblar o‘tkazilib, kitobxonlarning faolligi alohida e’tirof etildi.
Mazkur davra suhbati yoshlarning kitobga bo‘lgan qiziqishini oshirish, mutolaa madaniyatini rivojlantirishga xizmat qildi.
📖 Kitob — eng yaqin do‘st!