Kolumbiyalik yozuvchi Gabriel Garsia Markes sharafiga tashkil qilingan ko’rgazma

Yangiliklar

🗓 1927-yil 6-mart Kolumbiyalik yozuvchi, jurnalist, Nobel mukofoti sovrindori Gabriel Garsia Markes tug’ilgan kun.

«Kimdir sizni o‘zingiz xohlaganingizcha sevmasa, u sizni butun qalbi bilan sevmaydi degani emas.»

«Odamlar qariganda sevishni to’xtatadilar degan gap biroz noto’g’ri: aksincha, ular sevishni to’xtatganlari uchun qariydilar.»

Yozuvchi sharafiga Muzrabot tuman axborot-kutubxona markazi ko’rgazmalar zalida kitoblar ko’rgazmasi tashkil qilindi. Ko’rgazmada yozuvchining «Yolg’izlikning yuz yili» ,»Buzrukning ko’zi»,»Polkovnikka xech kim xat yozmaydi»,»Oshkora qotillik qissasi»,»To’kilayotgan yaproqlar» kitoblari joy oldi.