Prezident Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlis Qonunchilik palatasi majlisidagi nutqida ekologiya va iqlim o’zgarishi masalalariga to’xtaldi.
El – yurtimizning fikr- mulohazalari, xoxish – istaklarini atroflicha o’rganib, bildirilgan tavsiyalardan kelib chiqqan holda, bu boradagi ishlarni yangi, yanada yuksak bosqichga ko’tarish maqsadida Shavkat Mirziyoyev 2025 yilni yurtimizda
“Atrof – muhitni asrash va “yashil ” iqtisodiyot yili ” deb e’lon qilishni taklif etdi.
Shu munosabat bilan Muzrabot tuman axborot-kutubxona markazi o’quv zalida “Atrof- muhitni asrash va “yashil ” iqtisodiyot yili” deb nomlangan doimiy kitob rasmli ko’rgazma tashkil etildi.
Ushbu ko’rgazmada atrof muhitni asrash va ko’kalamzorlashtirishga oid bo’lgan bir qancha kitoblar va rasmli faktlar o’rin olgan.

