Hurmatli kanalimiz a’zolari hamda bizning jajji kitobxonlarimiz !📚📚
📣📣 Xabarimgiz bor biz yangi tanlovni e’lon qilgan edik.🤗🤗
Aziz kitobxonlarimiz,ta’til davrida bo’sh vaqtlarini mazmunli hamda samarali o’tkazishlari uchun “KUMUSH QISH LAHZALARI” mavzusidagi tanlovni e’lon qilgan edik .
Ushbu tanlovda serqirra ijodkorlar o’z qalamiga mansub she’rlaridan ifodali qilib yoddan aytish, yoki o’zlari yaratgan qo’l menatlaridan (rasm chizish, yasash, aplikatsiyalar) eng sifatlilarini guruh adminlariga jo’natishlari so’ralgandi
Shunga ko’ra tumanning 1-maktabning 5-sinf o’quvchisi D.Mengliyeva rasm chizish nominatsiyasi bo’yicha, shu maktabning 4-sinf o’quvchisi M.Qosimova ifodali she’r aytish nominatsiyasi bo’yicha, 6-sinf o’quvchisi D.Tojiyeva aplikatsiya yasash nominatsiyasi bo’yicha ovoz to’plab faxrli o’rinni egallashdi va tashakkurnoma,sovg’alar bilan taqdirlandilar.
Qolgan jajji kitobxon ishtirokchilarimizga o’z minnatdorlichiligimizni bildirib qolamiz.