Muzrabot tuman Axborot-kutubxona markazida kitobxonlarning mutolaa madaniyatini oshirish, ularning qiziqishlari va ehtiyojlarini aniqlash maqsadida so‘rovnoma o‘tkazildi.
So‘rovnoma jarayonida ishtirokchilar kutubxona xizmatlaridan foydalanish darajasi, eng ko‘p o‘qiladigan adabiyot turlari hamda kutubxona faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha o‘z fikr-mulohazalarini bildirdilar.
So‘rovnoma natijalari kitobxonlar bilan ishlash samaradorligini oshirish, yangi loyihalar va tadbirlarni tashkil etishda muhim ahamiyat kasb etadi.
📚 Kutubxona — bilim va ma’naviyat maskani!

