📚✨ Kutubxona bo‘ylab ekskursiya — bilim sari sayohat ✨📚
Muzrabot tuman axborot-kutubxona markazi Abonementlar, foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatish hamda bolalar bo‘limlarida 1-maktab o‘quvchilari ishtirokida kutubxona bo‘ylab ekskursiya tashkil etildi.
Ekskursiya davomida o‘quvchilar kutubxona faoliyati, mavjud kitoblar fondi, abonement xizmatlari va bolalar bo‘limida yaratilgan qulay sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar. Tadbir yoshlarni kitobxonlikka jalb etish, mutolaa madaniyatini oshirish va bilimga bo‘lgan qiziqishni kuchaytirishga xizmat qildi.
📖 Kutubxona — bilim va ma’naviyat maskani!

