Joriy yilning 22-may kuni Muzrabot tuman Axborot-kutubxona markaziga O’zbekiston Jurnalistlar uyushmasining a’zosi Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzolari qiziriqlik Yoʻldosh Mirzayev, Termiz tumanidan Narzulla Soʻfizoda, jarqoʻrgʻonlik faxriy pedagog, shoir Chori Zarif, Oʻzbekiston Jurnalistlar uyushmasi aʼzosi, “Muzrabot” gazetasi muharriri Abdusalom Yoʻldoshev va taniqli ijodkor Sirojjidin Qulboboyevlar tashrif buyurishdi va kutubxona bo’ylab sayohat qilishdi. Sayohat yakunida o’zlarining kitobxonlarga yangi chop etilgan kitoblaridan vohamiz haqida ma’lumot olib mutolaa qilishlari uchun sovg’a tariqasida taqdim qildilar.