📚Kishining madaniyati uning kitobida aks etadi. Xo‘sh, biz insonlar ma’naviy ozuqani qayerdan olamiz? Albatta, “Bilimlar manbai” bo‘lmish kitobdan. Ayniqsa, badiiy kitoblar har bir kishida insoniy fazilatlarini kuchaytiradi, dunyoqarashini kengaytiradi. Shu sabab Muzrabot tuman axborot-kutubxona markaziga tumanning “Shaffof” MFY.da istiqomat qiluvchi Boynazarova F. tashrif buyurdi.
Sayohat davomida kutubxonadagi imkoniyatlar, o‘quv zallari, kutubxona xizmatlaridan foydalanish tartiblari, fondi va tarixi bilan yaqindan tanishtirib o‘tildi.
Tashkil etilgan sayohat davomida kitobxon o‘zini qiziqtirgan barcha savollarga javob olib, sayohatdan katta ta’surotlar bilan qaytdi.
Siz ham mutolaani sevasizmi? Kutubxonaga keling😇