Kutubxona faoliyati — bilim sari muhim qadam!

Yangiliklar

📚✨ Kutubxona faoliyati — bilim sari muhim qadam! ✨📚

Muzrabot tuman axborot-kutubxona markazi mutaxassislari tomonidan tumandagi 4- umumiy o‘rta ta’lim maktabi kutubxonasiga uslubiy-amaliy yordam ko‘rsatildi.

📌 Tashrifdan asosiy maqsad — maktab kutubxonasida kitobxonlarga yanada sifatli va samarali xizmat ko‘rsatishni ta’minlash, ishni zamonaviy talablar asosida tashkil etishdan iborat bo‘ldi.

🔎 Metodik yordam jarayonida:
✅ Kutubxona ish hujjatlari yuritilishi ko‘zdan kechirildi
✅ Kitob fondining tozaligi va saqlanish holati o‘rganildi
✅ Kitoblarga ishlov berish (ro‘yxatga olish, inventarizatsiya, joylashtirish) jarayonlari tahlil qilindi
✅ Amaliy tavsiyalar va metodik ko‘rsatmalar berildi

📖 Kutubxona — bu shunchaki kitob saqlanadigan joy emas, balki yosh avlodning tafakkuri va ma’naviy dunyosi shakllanadigan maskandir. Shu bois har bir hujjatning to‘g‘ri yuritilishi, har bir kitobning tartibli saqlanishi va o‘quvchilarga qulay sharoit yaratilishi muhim ahamiyat kasb etadi.