Muzrabot tumani Bodomzor mahallasida tuman Axborot-kutubxona markazi tomonidan mahalla axolisi uchun ko‘chma kutubxona tashkil etildi.
Shu munosabat bilan “Bodomzor” mahallasida “Kutubxona – kitobxonlarning sevimli maskani” shiori ostida tadbir o‘tkazildi. Tadbirni tuman Axborot—kutubxona markazi direktori Xursanov Botir ochib Har bir inson dastlabki tarbiyani, ya’ni ma’naviy ozuqani oilada ota-onadan oladi. Yoshlarni kitob o‘qishga bo‘lgan qiziqishini kuchaytirishga, ularning kitob bilan do‘st bo‘lishiga, aholining kitobxonlik saviyasini yanada oshirishga alohida e’tibor qaratish lozimligi haqida aytib o’tdi. Mahallada iyun oyida “Kutubxonaga mening hissam” ommaviy kitobxonlik aksiyasini tashkil etilishi haqida gapirib o’tdi.
Shundan so’ng so‘zga “Bodomzor” mahallasi Nuroniylar raisi Siddiqov Sattorbobo so‘zga chiqib Kitob – tafakkur qanoti. Bu qanot mustahkam bo‘lsa, yuksak kengliklar sari intilishdan tolmaydi. Kitobga bo‘lgan qiziqish o‘sib kelayotgan yosh avlodning ma’naviy dunyosini boyitishga xizmat qiladi. Har bir inson kitoblar orqali uning ma’naviy xazinasidan, cheksiz imkoniyatidan iloji boricha ko‘proq foydalanib, o‘zining, o‘zgalarning hayotini mazmunan boyitishi mumkinligi haqida so‘zlab berdi. Bodomzor mahallasi nuroniylardan Doniyev Muhammadi va Safarov Rajabbobolar Kitob-ruhiyatimiz ozuqasi, u bilan do‘stlashish nafaqat bizni ma’nan yuksaltiradi, balki jahonga tanitadi, ezgulikka etaklaydi deb yoshlarni ko’proq kitob o’qishga jalb etdilar. Tadbirda 12-13 umumta’lim maktablarining kitobxon o’quvchilarini she’r va qo‘shiqlar bilan tamoshabinlarni xushnud qildi.
Tadbir so’ngida faol ishtirok etgan o‘quvchi yoshlarni va tadbir ishtirokchilarni faxriy yorliq va kitob bilan taqdirlandi.
Mutaffakkir olimlarimiz bejizga aytmagan:
Kutubxona – bu aql uchun qurilgan osoyishta uy.
“Bodomzor” mahallasining barcha aholisini ushbu ochilgan mo‘jazgina kutubxonamizga doimiy kelib kitob o‘qishlaringizni so‘rab qolamiz.