Bugun Muzrabot tumani Axborot-kutubxona markazi hodimlari kitobxonlikni keng targʻib etish maqsadida «Yangi hayot» va «Yoʼlchi» mahallalarida yashovchi nuroniy onaxonlarimiz Axborot -kutubxona markaziga taklif qilindi .Shu bilan birgalikda nuroniy onaxonlarimizga «Kutubxona maʼrifatli dunyoga ochilgan eshik»nomli tashkil etildi hamda «Qari bilganni pari bilmas»davra suhbati oʻtkazildi.Davra suhbatida faol kitobxonlarimizdan biri hisoblangan nuroniy 72-yoshni qarshi olgan Qoʼziyeva Tursunoy momo Axborot -kutubxona markazi hodimi tomonidan yetkazib berilgan kitoblarni sevib mutolaa qilganligi va oʼqigan kitoblari haqida gapirib oʻtdi.Shundan soʼng 56-maktab oʼqituvchisi Normatova Feruza Axborot-kutubxona markazi haqida oʼzining iliq gaplarini aytib oʻtdi va bir qancha oʼqigan kitoblaridan rivoyat va hikoyalar gapirib oʻtdi.