«Kutubxona olamiga sayohat»

Yangiliklar

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «2020-2025-yillarda kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va qo’llab-quvvatlash milliy dasturini tasdiqlash to’g’risida»gi 2020 yil 14 dekabrdagi 781-son qarorlari ijrosini taminlash maqsadida joriy yilning 8-oktyabr sanasida Muzrabot tumani axborot-kutubxona markazi xodimlari 1-umumiy o’rta ta’lim maktabning kitobxon o’quvchilariga “Kutubxona olamiga sayohat” mavzusida ekskursiya uyushtirildi. Ekskursiya davomida Muzrabot tumani axborot-kutubxona markazi haqida ma’lumotlar berilib, davra suhbati uyushtirildi. O’quvchilarga ayniqsa Muzrabot tumanining ijodkorlari va faxriylari tanishtirilib, ularning bosib o’tgan mashaqqatli yo’llari yoritilib berildi. Ekskursiyadan so’ng o’quvchilar o’zlarining qiziqtirgan savollariga axborot-kutubxona markazi xodimi tomonidan to’liq javob olishdi.