Kutubxonaga sayohat

Yangiliklar

Kitob zamonlar dengizida sayohat qilayotgan va oʻzining qimmatbaho yukini avlodlardan avlodlarga tashiyotgan hikmat kemasidir.
Frensis Bekon
Ziyo maskanimizda tumandagi 6-umumta’lim maktabining 9- sinf oʻquvchilari uchun sayohat uyushtirildi. Bibliografiya xizmati mutaxassisi oʻquvchilarni kutubxona tarixi, faoliyati, fondi bilan tanishishtirib, ularga kutubxonada mavjud boʻlgan adabiyotlar haqida maʼlumotlar berdi va yoshlariga, qiziqishlariga mos boʻlgan kitoblar targʻibotini oʻtkazdi.Kutubxonamizga siz ham keling. Sizni turfa olamga sayohat qildiruvchi «aqllar» bisyor.