Kutubxonamizda novbatdagi ekskursiya “Kitobxon onalar” bo’ldi.

Yangiliklar

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 21-dekabrdagi “Oilalarni mustahkamlash va xotin-qizlarning faoligini oshirish bo’yicha qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida” PQ-401-son qarorining  3-ilova 36-bandida belgilangan vazifalarni amalga oshirish bo’yicha Qo’shma chora-tadbirlar ijrosini ta’minlash maqsadida, joriy yilning 20-oktyabr sanasida Muzrabot  tumani axborot-kutubxona markazi hodimlari tomonidan tumanning “Yangi hayot” va ” Yo’lchi” MFY.da istiqomat qiluvchi kitobxon onalar ekskursiyasi tashkil qilindi. Ekskursiya avvalida Muzrabot  tumani axborot-kutubxona markazi ish faoliyati haqida qisqacha so’zlab berildi. So’ng barcha bo’limlarda bo’lishib kitoblar dunyosida sayr qilishdi. Ekskursiya so’ngida kutubxonaga a’zo bo’lishib o’zlari qiziqqan savollarga javob olishdi. Ekskursiyaga 10 nafar kitobxon onalar qatnashdi.