📚🏘 Mahalla idorasida kitoblar targ‘iboti 🏘📚
Muzrabot tuman axborot -kutubxona markazi mutaxassislari Xolyorova Yu. va Mahmudova Yu. Tumanning “Yangi hayot” mahalla markazida bo’lishib Mahalla idorasida mahalla yettiligi ichida kitobxonlik madaniyatini oshirish, mutolaaning ahamiyatini keng targ‘ib etish maqsadida kitoblar targ‘iboti tadbiri o‘tkazildi. Tadbir davomida ishtirokchilarga badiiy va ma’rifiy adabiyotlar tanishtirilib, kitobning inson tafakkuri va ma’naviy hayotidagi o‘rni haqida fikr almashildi.
Mazkur uchrashuv mahalla faoliyati doirasida ma’naviy-ma’rifiy ishlarni yanada kuchaytirish, kitobga bo‘lgan qiziqishni oshirishga xizmat qildi.
📖 Kitob — jamiyat taraqqiyotining mustahkam tayanchi!

