📚 Mahallada kitob targ‘iboti 📚
Muzrabot tuman axborot-kutubxona markazi mutaxassisi Mamatova Z. “Yo‘lchi” MFY. binosida tashkil etilgan ko‘chma kutubxonadagi kitoblar almashildi hamda mahalla yettiligi bilan hamkorlikda “Kitobxon mahalla — ma’rifatli jamiyat poydevori” mavzusida kitob targ‘iboti o‘tkazildi.
Tadbir davomida mahalla aholisi kutubxonada mavjud adabiyotlar bilan tanishtirilib, kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish, mutolaani ommalashtirishga alohida e’tibor qaratildi.
📖 Kitobli mahalla — taraqqiyotli jamiyat asosi!

