📚 20-yanvar kuni Muzrabot tuman axborot-kutubxona markazi o’quv zalida dramaturg, noshir, pedagog, din va jamoat arbobi, jadidchilik milliy maʼrifatparvarlik harakatining tarafdori Mahmudxo‘ja Behbudiy tavalludining 150 yilligi munosabati bilan “Ilm mushtarakdir Bilgannikidir” nomli kitoblar ko’rgazmasi tashkil qilindi. Mahmudxo‘ja Behbudiy XX asr bo‘sag‘asidagi Turkiston ijtimoiy-siyosiy harakatchiligining eng yirik namoyandasi,yangi davlat o‘zbek madaniyatining asoschisidir.